MAVRLAR

MAVRLAR (lotincha Mauri, Yunoncha Mauros — qora) — 1) Mavretaniya, Afrikaning shimoliy-g’arbiy viloyatlari tub joy aholisining rimcha atalishi; 2) Mavritaniyaning Arab-barbar aholisi. Shuningdek, Afrikaning boshqa mamlakatlarida ham yashaydi. Umumiy soni 2,5 million kishi (1990-yillar o’rtalari), shundan, 1,75 million kishi Mavritaniyada va 240 ming kishi G’arbiy Sahroi Kabirda yashaydi. Arab tilining mavritancha laxjasida so’zlashadi. Dindorlari — Sunniy musulmonlar.