MAGISTRAL
MAGISTRAL (lotincha magistalis — rahbarlik qiluvchi, bosh, asosiy) — 1) asosiy yo’nalish, yo’llardagi asosiy liniya (temir yo’l magistrali, suv magistrali); 2) elektr tarmog’i, telegraf va telefon aloqadagi asosiy kabel, sim; 3) sug’orish tarmog’ida suv havzasi, daryo, kanallardan sug’orilgan yerlarga suv oqadigan asosiy taqsimlash kanali; 4) kanalizatsiya, vodoprovod yoki gaz tarmog’idagi asosiy quvur; 5) katta shaharlardagi serqatnov keng ko’cha.