MAKASAR BO’G’OZI

MAKASAR BO’G’OZI — Kalimantan va Sulavesi orollari o’rtasidagi bo’g’oz. Sulavesi dengizini Yava dengizi bilan bog’lab turadi. Uzunligi 710 kilometr, eng tor joyining kengligi 120 kilometr, chuqurligi 930 metrgacha. Balikpapan (Kalimantan oroli), Ujung-pandang (Sulavesi oroli) portlari bor.