MAVRETANIYA
MAVRETANIYA (lotincha Mauretania) — Shimoliy-G’arbiy Afrikadagi (hozirgi G’arbiy Jazoir va Sharqiy Marokash) tarixiy viloyat. Miloddan avvalgi 2-ming yillik oxirlarida finikiyaliklar tomonidan egallangan. Shuning uchun Mavretaniyaning hamma shaharlari nomi puniycha (finikiylarning lotincha nomi). Miloddan avvalgi 3-asrda Mavretaniyaning katta qismi Karfagen qo’l ostida; miloddan avvalgi 146 yildan Rim ta’sir doirasida. Mavretaniya hududi milodiy 45 yilda Rim tomonidan bosib olingan va 2 viloyatga ajratilgan: g’arbda — Tingitan Mavretaniyasi va sharqda — Tsezar Mavretaniyasi.