LYAPUNOV USULLARI
LYAPUNOV USULLARI – differentsial tenglamalar bilan tavsiflanadigan sistemalar harakati turg’unligini tekshirish usullari. A. M. Lyapunov taklif etgan. 1-usul (tavsilot ko’rsatkichlar usuli) — chiziqsiz (qo’zg’atilgan) Sistema turg’unligini chiziqli sistemadan keltirib chiqarishga, 2-usul (to’g’ri usuli) Maxsus xossalarga ega funktsiya qurish yo’li bilan bevosita tekshirishga asoslanadi.