LOKATOR

LOKATOR (lotincha loco — joylashtiraman) — kuzatilayotgan ob’yektlar (samolyot, kema va boshqalar) haqida axborot olish uchun ishlatiladigan asbob (stantsiya); ob’yektga uzatilgan tovush to’lqinlari yoki elektromagnit to’lqinlarining undan qaytishiga asoslangan. Gidrolokator, radiolokator va optik Lokator kabi xillari bor. Optik Lokatorda lazer nurlaridan foydalaniladi.