LIRA
LIRA — osmon sferasining shimoliy sharqidagi yulduz turkumi. Uning Vega deb ataluvchi yorug’ yulduzi, Oqqush yulduz turkumining Deneb va burgutning At-Tohir yulduzlari bilan “yozgi uchburchak” deyiluvchi uchburchakni hosil qiladi. Lira O’zbekiston hududida bahor, yoz va kuz oylarida ko’rinadi. Yoz kechalari O’zbekistonda “yozgi bu uchburchak” uchida kuzatiladi.