ABDULKARIMBIY, Abdulkarimxon kim bo’lgan?
ABDULKARIMBIY, Abdulkarimxon (1710-1750) – Qo’qon xoni (1733-50). Minglardan, Shohruxbiyning o’g’li. Akasi Abdurahimbiy vafot etgach (1733), taxtga o’tirgan. Xonlik o’rdasini Qo’qon yaqinidagi Tepaqo’rg’ondan Qo’qonga ko’chirgan. 1746 yil. O’ratepa hokimi Fozilbiy yordamida qalmoqlar hujumini qaytargan. A. Qo’qon shahrida saroy, madrasa, bozor va Isfara, Qatag’on, Marg’ilon, Toshkent, Haydarbek nomli shahar darvozalarini qurdirgan. Ad.: Beysembiev T. K., Tarixi Shaxruxi, Alma-Ata, 1987; Bobobekov H. N., Qo’qon tarixi, T., 1996.
O‘xshash so‘zlar
- ABDULLA BULBUL Iso Hofiz o’g’li kim bo’lgan?
- ABDULLA FONUS kim bo’lgan?
- ABDULLA HOFIZ Fayzullayev kim bo’lgan?
- ABDULLA HOTIFIY kim bo’lgan?
- ABDULLA ibn BURAYDA MAQBARASI kim bo’lgan?
- ABDULLA JIN kim bo’lgan?
- ABDULLA KULOL kim bo’lgan?
- ABDULLA musavvir Xurosoniy haqida bilasizmi?


