VAZAMAR

VAZAMAR (3-asr 1-yarmi) — so’nggi siyovushiylar sulolasidan bo’lgan Xorazmshoh. Arsamux I ning vorislaridan. Vazamar davrida Xorazmda kumush tangalar zarb qilingan. Tangalarda shoh uzun soqolli, burgut ko’rinishidagi temir qalpoq kiygan holda tasvirlangan. Tangalardagi Siyovushiylarning S shaklidagi tamg’asi Xorazmning kushonlarda siyosiy mustaqil davlat bo’lib ajralib chiqqanidan dalolat bergan.