ABDURASHIDOV Abdulaxad Abdulxamidovich kim bo’lgan?
ABDURASHIDOV Abdulaxad Abdulxamidovich (1956.11.6, Marg’ilon) — sozanda (naychi). O’zbekiston xalq artisti (2000). Farg’ona davlat musiqa bilim yurti (1975) va Toshkent davlat konservatoriyasi (1981) ni tugatgan. Marg’ilondagi “Do’stlik” bolalar ansamblida badiiy rahbar (1983-90), O’zteleradiokompaniyasining “Maqom” ansamblida sozanda (1990 yildan). Repertuaridan mumtoz va xalq cholg’u kuylari (“Cho’li Iroq”, “Yovvoyi Chorgoh”, “Qalandar”, Eroncha “Shoda-shoda” va boshqalar), o’zbek ashula va katta ashulalarning cholg’u yo’llari (“Fig’on”, “Hanuz”, “Ey, sabo”, “Bir kelsun” va boshqalar) o’rin olgan. Ijro uslubiga badihago’ylik, musiqiy-ifodaviy vositalarning yorqinligi, shu jumladan noziq nolalardan mohirona foydalanish xosdir. Bastakor sifatida “Nay nolasi”, “Nigohing” kabi kuylarni, “Farg’ona ekan do’stlar”, “Marg’ilon atlaslari”, “Paydo bo’libdi” va boshqa ashulalarni yaratgan.
O‘xshash so‘zlar
- Abdurashid
- ABDURASHIDOV Komiljon kim bo’lgan?
- Abdurashid Nurmurodov (1955) kim bo’lganini bilasizmi?
- Abdurashid Abdug‘afurov (1931-2005) kim bo’lganini bilasizmi?
- ABDURASULBOY MADRASASI haqida bilasizmi?
- ABDURASULOV Jo’ra Majidovich kim bo’lgan?
- ABDURASULOV Mamajon kim bo’lgan?
- ABDURASULOV Sodiqjon kim bo’lgan?





