ABORDAJ

ABORDAJ (Fransuzcha abordaqe, bord — kema borti — qiri) — eshkakli va elkanli kemalar bir-biriga yaqin kelganda, ikkala tomon askarlarining kemalarga o’tib, yuzma-yuz jang qilish usuli (19- asrgacha). Abordaj usuli eshkakli qayiqlar b-n ham katta kemalarga nisbatan odatda tunda qo’llanilgan. Artilleriyaning uzoq, masofaga o’q uzish va tez otish qobiliyati kuchayishi, tezyurar kemalarning paydo bo’lishi tufayli Abordaj o’z ahamiyatini yo’qotgan.