Xidir// Xizr

Xidir// Xizr-aynan: “Yashil” rangli, Xizr-abadiy tiriklik, barhayotlik, omadlilik timsoli. Rivoyatga ko’ra, hayot suvi bulog’ini topib ichgan afsonaviy payg’ambarning nomi. Shu uchun doimo barhayot deb hisoblanadi. U yo’ldan adashganlarga, oshiqlarga yo’l ko’rsatuvchi, rahnamo deb hisoblanadi. Xidirning pok, pokiza, pardali (niqobli) ma’nolari ham bor.