AGAR-AGAR
AGAR-AGAR — ayrim dengizlarning qizil va qo’ng’ir rangli o’simliklaridan alohida usulda qaynatib olinadigan shilimshiq modda. Tarkibida 50 — 80% gacha agaroza bo’ladi. Agaroza bilan birga Agar-Agar tarkibiga nordon polisaxarid fraktsiya — “agaropektin” ham kiradi. Agar-Agar sovuq suvda deyarli erimaydi, qaynoq suvda yaxshi eriydi. 0,5 — 1,5% li suvli eritmalari 32 — 39° gacha sovitilganda 85° da eruvchi mustahkam gellar hosil qiladi. Agar-Agar mikrobiologiyada mikroorganizmlarni o’stirish uchun oziqli muhit sifatida, shuningdek oziq-ovqat, qandolatchilik sanoatida, dori tayyorlashda va boshqa sohalarda ishlatiladi.