AGROBIZNES
AGROBIZNES — bozor iqtisodiyotining qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi va uning mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, sotish, saqlash, taqsimlash bilan bog’liq sohasi. Bu atamani birinchi marta 1957 yilda amerikalik tadqiqotchilar (J. X. Devis, G. A. Goldberg va boshqalar) qo’llagan. Tarkibi, maqsadi jihatidan asosan agrosanoat majmuiga to’g’ri keladi.