AGROMETEOROLOGIK MONITORING

AGROMETEOROLOGIK MONITORING — iqlimning antropogen omillar ta’sirida o’zgarishiga qarab agroiqlimiy resurslarni va ekinlarning hosildorligi o’zgarishlarini baholash tizimi. Iqlimning o’zgarishi hududlarda ahrli zichligining oshishi, hududlarni sug’orish, mintaqalarning cho’lga aylanishi, transport, kimyo va boshqa korxonalarning faoliyati ta’sirida sodir bo’ladi. Antropogen omillar ta’sirida harorat va yog’inlar o’zgaradi. Masalan, hozir antropogen omil ta’sirida ba’zi joylarda harorat 3 — 4, yog’in miqdori esa 50% gacha oshishi natijasida vegetasion davrning o’zgarishi ham taxmin qilinmoqda. Natijada umumiy hosildorlik 10 — 30% ga kamayishi mumkin. Agrometeorologik monitoring tizimini tuzishda bunday o’zgarishlar hisobga olinadi.