ADAB
ADAB (Arabcha) — 1) yaxshi xulq, tarbiya, xushmuomalalik, hayotni to’g’ri tushunish, to’g’ri yashashni o’rgatish ma’nosida. O’zbek tilidagi “Odob” Adab so’zining ko’plik shaklidir. Adabiyot so’zi o’zagi ham Adabdir. 12-asrda “Ilmi adab” yoki “Ilmi bade” atamasi vujudga keldi. Bu so’z san’atidagi badiiy vositalar, usullar va turlarni o’rgatishga bag’ishlangan. O’sha davrda adabiyot so’zi keng ma’noda umuman kitoblar, risolalar, maqolalar, ya’ni ko’pchilikning o’qishi uchun yozilgan asarlarni bildirgan. Tor ma’noda esa yozma badiiy adabiyotni anglatgan. Hozir Adab Arab mamlakatlarida badiiy adabiyot ma’nosida ishlatiladi; 2) tasavvufda tariqatdan saboq beruvchi Pir yoki Shayx va saboq oluvchi murid yoki Solihning rioya qilishi zarur bo’lgan qonun-qoidalar nazarda tutiladi. Shayxlar va solihlar adabi xususida ko’plab asarlar yozilgan. Muhsin Qodirov.