FISHER EMIL GERMAN
FISHER EMIL GERMAN (1852.9.10, Eyskirxen — 1919.15.7) — nemis organik kimyogari. Strasburg universitetini tugatgan (1874). Myunxen (1879 yildan), Erlanger (1882 yildan), Vyursburg (1885 yildan), Berlin (1892-1919) universitetlari professor. Ilmiy ishlari uglevodorodlar, oqsillar, purin birikmalari kimyosiga oid. Purinning fiziologik faol hosilalaridan — kofein, teobromin, ksantin, gipoksantin, teofillin, guanin va adeninni (1897), siydik kislota (1899), shuningdek, Purinni (1898) sintez qilgan. Qandlar (1887 yildan), mannoza, fruktoza va glyukoza (1890) sintezini amalga oshirgan. Ko’pgina oqsillarning parchalanish mahsulotlarida valin (1901), prolin va oksiprolin (1902) mav judligini ochgan, polipeptidlar sinteziga asos solgan va ilk bor sof dipeptide olgan (1902). Nobel mukofoti laureati (1902).