FIQH

FIQH (Arabcha — bilish, tushunish) — musulmon huquqshunosligi, shariat qonunqoidalarini ishlab chiqish bilan shug’ullanuvchi Islom ta’limotining bir sohasi. “Fiqh” so’zi atama sifatida Qur’on va hadislarda qo’llanilgan. Fiqh Islom dini vujudga kelib, xalifalik qaror topishi bilanoq darhol tarkib topgan emas. Fiqhning qaror topishi Muhammad (sav) hadislari va choryorlarning aytgan gaplarini yozib olish bilan birga davom etgan. Zayd ibn alHasanning “Majmu’ alfiqh”, molik ibn Anasning “alMuvatta'”, Ibn Hanbalnint “alMusnad” kitoblari Fiqhga oid dastlabki asarlar hisoblansada, ular muayyan mavzuda tanlab olingan hadislardan iborat edi. Fiqh ilmi 10-asrga kelib mustaqil fan sifatida shakllangan. Fiqh bilan shug’ullanuvchi, uni o’rganuvchi kishi faqih (qonunshunos) deb atalgan. Movarounnahrda Burhoniddin Marg’inoniy, Abu Lays Samarqandiy va boshqa mashhur faqihlar hisoblangan. Fiqh Islom xuquqshunosligi sifatida 2 sohada — shariat manbalarini ishlab chiqish (usul alfiqh) va shariatni tayin sohalarga tatbiq qilish (furu’alfiqh)dan iborat bo’lgan. Islomning sunniylik yo’nalishi xuquqshunosligida 4 ta mustaqil huquq mazhablari — hanafiylik, molikiylik, shofi’iylik va hanbaliylik vujudga kelgan. Fiqhda boshqa maktablar xam mavjud edi, biroq 14-asrga kelib, mazkur 4 mazhab hamda bir necha shialik tariqatlarigina saqlanib qolgan. O’rta asrlarda va yangi davrda Fiqhga oid asarlar orasida fatvo to’plamlari ko’paydi. Alkuduriyning (1037 yil vafot etgan) “Muxtasar”, Qozixonning (1196 yil vafot etgan) “Fatovo”, Burhoniddin Marg’inoniyning “Hidoya”, Ibn bazzozning (1414 yil vafot etgan) “Fatovo” asarlari bunga misol bo’ladi. Ular ichida “Hidoya” asari hanafiylik mazhabida katta shuhrat qozongan amaliy qo’llanmadir. “Hidoya”ga bir qancha sharhlar yozilgan. Musulmon faqihlarining ko’p asarlari qozi va muftilar uchun dasturilamal bo’lgan, ko’pincha ma’murlarning buyurtmasi bilan davlat mahkamalari uchun maxsus kitoblar yozib berilgan: Abu Yusufning (798 yil vafot etgan) “Kitob alxaraj”i yoki Boburiylar saltanatining hukmdori Avrangzeb (1658-1707) amri bilan 1669 yilda bir guruh hanafiy huquqshunoslar tuzgan “alfatovo alhindiya” asari va boshqalar. Islom mamlakatlari huquq tizimida Fiqhning roli doimo bir xil bo’lgan emas. Jumladan, 16-asrda Usmonli turk saltanatida va 17-asr 2-yarmida Boburiylar davlatidagi huquqiy amaliyotda uning qoidalari juda keng va izchil qo’llanildi. Biroq, umuman Fiqh huquqshunoslik bilan to’la-to’kis mos kelgan emas. Fiqhning hokimiyat tepasidagi kuchlarning manfaatlarini ifodalagan va davlat tomonidan bironbir tarzda qo’llab-quvvatlangan qoidalarigina amaldagi huquqqa aylangan, faqixlarning boshqa xulosalari esa huquqiy nazariya doirasidan tashqari chiqmagan. Hozirgi vaqtda Islom mamlakatlarida dunyoviy huquq tizimi amalga kiritilmokda, bu esa Fiqh ta’sir doirasining muayyan darajada torayishiga olib kelmoqda. Shunday bo’lsada, Fiqhning ayrim tarmoqlari, tartibqoidalari va me’yorlari ko’pchilik aholisi musulmon bo’lgan Sharq mamlakatlarining aksariyatida biron-bir tarzda qo’llaniladi. Ad.: Burhoniddin Marg’inoniy, Hidoya, T., 2000; Abdul Vahhob Xallof, Usul ulfiqh (Islom qonunshunosligi asoelari), 1-2 qism, T., 1997; 3-4 qism, T., 1999; Juzjoniy A. Sh., Islom huquqshunosligi, hanafiy mazhabi va O’rta Osiyo faqi^ari, T., 2002; Saidov A., Burhoniddin Marg’inoniy — buyuk huquqshunos, T., 1997; Xusniddinov 3., Ielom: yo’nalishlar, mazhablar, oqimlar, T., 2000.