FORSUNKA

FORSUNKA (inglizcha force — bosim bilan xaydash) — suyuq yonilg’ilarni zarralar tarzida purkash uchun mo’ljallangan qurilma. Yonilg’ilar bosim ostida yoki siqilgan gaz, bug’ta’sirida purkaladi. Yonilg’i Forsunkadan uzluksiz (o’choqlar, gaz turbinali va reaktiv dvigatellar, kavsharlash lampalari va boshqalarda) yoki qisqa-qisqa vaqt oralatib (dizellar va boshqalarda) purkalishi mumkin. Forsunkaning markazdan qochma, uyurmali, aylanma to’zitgichli, oqma, shtiftli, gaz purkaydigan va boshqa turlari bor. Forsunkalarda berilayotgan yonilg’i miqdorini o’zgartiradigan klapani (masalan; Nina) bo’ladi. Klapanni qo’lda, berilayotgan suyuklik ta’sirida yoki avtomatik kurilmalar yordamida boshkariladi. Gazsimon yoki changsimon yonilg’ini purkash uchun mo’ljallangan Forsunkaga o’xshash kurilma gorelka deb ataladi. Forsunkalar isitish krzonlari, pech agregati, gaz turbinalari, reaktiv dvigatellar, ichki yonuv dvigatellarida ishlatiladi.