FOTON
FOTON (Yunoncha photos — yorug’lik) — elementar zarra, elektromagnit nurlanish (tor ma’noda — yorug’lik) kvanti; Fotonning tinchlikdagi massasi /ya?=0, shuning uchun tezligi faqat yorug’lik tezligi s=3108 m/s ga teng. F.ning spini (h birliklarida) 1 ga teng, shuning uchun bozonlar guruhiga kiradi va Boze — Eynshteyn statistikasiga bo’ysunadi. Foton elektromagnit va gravitasion o’zaro ta’sirlarda qatnashadi, barcha elementar zarralar bilan o’zaro ta’sirlashadi. Energiyalari 100 keV dan katta bo’lgan F.lar, odatda, ukvantlar deb ataladi. Atom yadrosining elektrostatik maydonida energiyasi > 1 MeV bo’lgan ukvantlar elektron va pozitronga (elektronpozitron juftning tug’ilish jarayoni) aylanishi mumkin, elektron hamda pozitron to’qnashganida ikkita (yoki uchta) ukvantga annigilyasiyalanishi mumkin. Fotonning nurlanish klassik nazariyasi Maksvell tenglamasiga, Fotonlarning o’zaro ta’sir etish kvant nazariyasi kvant elektrodinamikasita asoslangan. Fotonlar manbalari bo’lib yorug’lik manbalari, ukvantlar manbalari bo’lib radiaktiv izotoplar xizmat qiladi.