FONUS
FONUS, fonar — 1) qo’lda ko’tarib yuriladigan (ichiga chiroq yoki sham qo’yiladigan), shamol va yog’insochindan muhofaza qilingan, biror joy (ko’cha, maydon)ga o’rnatiladigan chiroq, qandil; 2) me’morlikda bino tomi qubbasidagi dumaloq yoki ko’pqirrali ichkarini tabiiy yoritish va shamollatish uchun xizmat qiladigan me’moriy shakl. Darboziy uslubi Fonuslarning dastlabki ko’rinishidir (Niso, Panjakentsat turar joy va mehmonxonalar rekonstruktsiyalari). Fonuslar, asosan, zal, gumbaz, minora cho’qqisiga ishlanadi. Uning soda ko’rinishlari Parfenon, qadimgi Misrning gipostil zallari, qadimgi Rim bazilikalariaa, Panteon, Juma maejid, Abulfazl maqbarasi, Sofiya ibodatxonasi, To’rabekxonim maqbarasi gumbaz gardishidagi darchalar qatorida uchraydi. Buxorodagi Abdullaxon madrasasi Fonusning 8 tuynugidan tushayotgan yorug’lik ikki qavatli hujralarni yoritib turadi. Zamonaviy me’morlikda xona (zal)larni tepadan oynavandli Fonuslar orqali yoritish keng tarqalgan (Toshkentdagi O’zbek milliy akademik drama teatri, bank binolari va boshqalar).