FORMALDEGID
FORMALDEGID (lotincha formica — chumoli), chumoli aldegid, alifatik aldegidlar gomologik qatorining 1a’zosi; o’tkir hidli, rangsiz gaz. Suv va spirtda yaxshi eriydi. Suyuqlanish temperaturasi — 118°, qaynash temperaturasi — 19,2°, zichligi 815 kg/ m3 (20°da). Sanoatda metil spirti yoki metanni qavo kislorodi bilan oksidlab olinadi. Formaldegid reaktsiyaga yaxshi kirishadi, polimerlanadi, kuchli qaytaruvchi. Formaldegid zaharli; uning havoda eng katta yo’l qo’yiladigan kontsentrasiyasi 1 mg/m3. Sintetik smolalar (mochevinaformaldegid smolalar, melaminformaldegid smolalar, fenolformaldegid smolalar va h.k.), bo’yagichlar, portyaovchi moddalar, dorivor preparatlar, oshlovchi, antiseptik va dezodorasiyalovchi vositalar olishda qo’llanadi.