GAGAUZ TILI
GAGAUZ TILI — gagauzlar tili. Turkiy tillarning Janubiy-g’arbiy (o’g’uz) guruhiga mansub. Moldaviya va Ukrainaning Janubda, shimoliy Kavkaz, Ruminiya, Shimoliy-Sharqiy Bolgariyada tarqalgan. Gagauz tilida gaplashuvchilarning umumiy soni 220 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Bu til leksikasida bolgar, rus, Moldavan kabi qo’shni tillarning ta’siri bor. Gagauz tili fonetikasidagi asosiy xususiyat — ikkilamchi cho’ziq unlilar mavjud bo’lib, diftonglashuvning yuzaga kelishi va so’z boshida yuqori va o’rta ko’tarilishdagi unlilar oldidan undoshlarning “y” lashuvidir. Ko’pgina undoshlar old kator unlilar bilan yonma-yon kelganda yumshaydi; gapda so’zlar erkin tartibda keladi. Yordamchi so’zlar vositasida birikma hosil qilish rivojlangan. Gagauz tilining asosan chodirlungqumrat (Markaziy) va vulkanesht (Janub) lahjalari bor. Gagauz tilining yozuvi 1957 yildan qabul qilingan, kirill-rus grafikasiga asoslangan. Alifboga fonetik talabga kura “a”, “b”, “u” harflari qo’shilgan.