GARAJ

GARAJ (Fransuzcha qarer — yopma ostiga joylashtirish) — avtomobillar saqlanadigan va ta’mirlanadigan, ularga texnik xizmat ko’rsatiladigan bino yoki bino va inshootlar majmui. Yer ostida, yer ustida bir qavatli va ko’p qavatli qilib quriladi. Boksli va manej zalli xillari bo’ladi. Boksli Garajda avtomobillar turadigan joy bir-biridan sim to’r bilan ajratiladi, manej zalli Garajda bir- biridan ajratilmaydi. Ko’p qavatli Garaj yig’ma temir-beton va oynadan quriladi. Garajda avtomobillar yuqori qavatlarga to’g’ri yoki aylanma kiya yo’l (ramp)lardan yurib chiqadi yoki lift yordamida ko’tariladi.