GAGARIN YURIY ALEKSEYEVICH

GAGARIN YURIY ALEKSEYEVICH (1934.9.3, Smolensk viloyati, Klushino qishlog’i — 1968.27.3) — kosmonavt uchuvchi, dunyoda birinchi bo’lib kosmik fazoga parvoz etgan. Qahramon (1961), polkovnik. Jukovskiy nomidagi Harbiy-havo muhandislik akademiyasini bitirgan (1968). 1961 yil 12 aprelda “Vostok” kosmik kemasida parvoz qilib, 1 soat 48 minutda yer sharini aylanib uchdi. Kosmonavtlar ekipajlarini o’qitish va mashq qildirishda qatnashdi. Samolyotda mashq qilayotgan vaqtida falokat yuz berib halok bo’ldi. Xalqaro aviatsiya federatsiyasi qarori bilan 1968 yilda Yuriy Alekseyevich Gagarin nomidagi oltin medal ta’sis etildi. Jahondagi ko’p shaharlarda Gagarin nomi abadiylashtirilgan. Jumladan O’zbekistonning Jizzax viloyatida shahar uning nomiga qo’yilgan; Toshkent shahrida haykali o’rnatilgan. Oyning orqa tomonidagi kraterga Gagarin nomi berilgan.