ADL
ADL (Arabcha — odillik, to’g’rilik) — Islom dinida Alloh sifatlaridan, “Ilohiy adolat”ga e’tiqod qilish — Islom aqidaviy talablaridan biri. Mo’taziliylar Allohning insonlarga odilligi haqidagi tasavvurdan kelib chiqib, inson irodasining erkinligi haqidagi fikrni ilgari surgan. Shialikda — Adl so’zi rasman qabul qilingan beshta aqidadan biri, inson taqdirini belgilashdagi Allohning adolatli hukmi mazmunida qo’llaniladi. Hozirgi zamon Islom ilohiyotida Adl — jamiyatning barcha a’zolariga nisbatan “Ilohiy adolat”, ularning “Alloh oldida tengligi” deb talqin etiladi. Shariatda Adl Islom diniy qonunlarining “Ilohiy adolat”ga asoslanganligini ifodalaydi.