AUDITOR TASHKILOTI (AUDITOR)NING JAVOBGARLIGI

AUDITOR TASHKILOTI (AUDITOR)NING JAVOBGARLIGI – auditorlik tekshiruvi buyurtmachilari, xo’jalik yurituvchi subyekt va moliyaviy hisobotdan boshqa foydalanuvchilar oldida moliyaviy hisobot hamda xo’jalik yurituvchi subyektning boshqa moliyaviy axboroti to’g’risida noto’g’ri yakundan iborat bo’lgan auditorlik xulosasini tuzish oqibatida ularga yetkazilgan zarar uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlik darajasi.