AVARIYA SERTIFIKATI
AVARIYA SERTIFIKATI – mol-mulk sug’urta hodisasi tufayli zararlanganda, ko’rilgan zararning miqdori va xarakterini tasdiqlovchi hujjat. Avariya sertifikati avariya komissari (adjaster) tomonidan tuziladiva tegishli komissiya haqi hisobiga sug’urtalanuvchiga taqdim etiladi. Avariya sertifikati sug’urtalanuvchining sug’urta qoplamasini olish to’g’risidagi arizasiga ilova qilinadi va qoplamani to’lashda sug’urta kompaniyasiga asos bo’lib xizmat qiladi.