AYLANMA ISHLAB CHIQARISH FONDLARI

AYLANMA ISHLAB CHIQARISH FONDLARI – ishlab chiqarishda foydalaniluvchi mehnat predmetlari (xomashyo, materiallar, o’rov materiallari, ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar va hokazo). Har bir ishlab chiqarish siklida to’liq sarflanadi hamda korxonaning aylanma mablag’lari hisobiga sotib olinadi.