BALANS USULI
BALANS USULI – hisobga olinishi zarur bo’lgan hamma narsa. Ikki taraflama, ya’ni hisobga olinayotgan narsaning o’zi nima va qanday manbalar hisobiga sotib olinganligi nuqtayi nazaridan qaraladi. Xuddi mana shu balans usulining asosida yotadi. Balans har doim ikki qismdan iborat bo’lgan jadval sifatida tuziladi. Balansning aktiv (chap tarafi) qismida xo’jalik vositalari hisobga olinadi, passiv (o’ng tarafi) qismida esa ularni sotib olish yoki shakllanishi manbayi ko’rsatiladi.