BALANSLI SCHYOTLAR

BALANSLI SCHYOTLAR – ko’rsatkichlari buxgalteriya balansida aks ettiriladigan buxgalteriya hisobi schyotlari. Lekin bu balans moddalarining nomlari balansli schyotlar nomlariga to’g’ri keladi, degan ma’noni bildirmaydi. Bir balansli schyotning ma’lumotlari bir necha balans moddalarida va aksincha, bir balans moddasida bir necha schyotlar ma’lumotlari aks ettirilishi mumkin. Buxgalteriya hisobi nazariyasi manbalarida balansli schyotlarning ma’nosi yetarlicha yoritilmagan. Shunday schyotlar borki, ular buxgalteriya balansi tuzilishidan oldinyopilib ketadi. Balansda aks ettirish uchun bu schyotlarning keyingi hisobot davri boshiga saldosi bo’lmaydi. Schyotlar rejasidagi 9-tranzit schyotlarning aksariyati shunday schyotlar tarkibiga kiradi. Schyotlar rejasidagi barcha schyotlar ham balansdagi schyotlar hisoblanmaydi. Balansdagi schyotlardan tashqari schyotlar mavjud.