BANDLIKNING KLASSIK NAZARIYASI
BANDLIKNING KLASSIK NAZARIYASI – iqtisodiyot fanida klassik maktab namoyandalari tomonidan ilgari surilgan makroiqtisodiy nazariya. Uning asosiy qoidalaridan biri iqtisodiyot o’zini-o’zi tartibga solish bozor mexanizmiga ega va u aholining to’la bandligi uchun sharoit yaratadi, davlat iqtisodiyotni tartibga solishga aralashmasligi zarur.