AJRALMAS BIRIKMA

AJRALMAS BIRIKMA – mashinalarning ayrim detallardan yaxlit qilib yasalgan qism va uzellari. Payvand birikmalar, parchin mixli birikmalar, elimli, kavsharlangan, presslangan, aralash birikmalar Ajralmas birikma hisoblanadi. Presslab o’tqazish yo’li bilan ham Ajralmas birikma hosil qilish mumkin. Ajralmas birikma mashinalarning mustahkamligini, bikrligini, ustuvorligini ta’minlaydi, ishlaganda titrashini kamaytiradi.