AZIMJONOVA
AZIMJONOVA Sabohat (1923 yil dekabr, Toshkent) — sharqshunos olima, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (2000), tarix fanlari Doktori (1969). Toshkent pedagogika institutini tamomlagan (1942). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida katta ilmiy xodim (1949), institut direktori (1950— 77), bo’lim boshlig’i (1977-95), yetakchi ilmiy xodim (1995 yildan). Asosiy ilmiy ishlari Boburning Kobul va Hindistondagi faoliyati, O’rta Osiyo xalqlarining o’rta asrlarda qo’shni xorijiy mamlakatlar bilan o’zaro siyosiy va iqtisodiy munosabatlariga bag’ishlangan. Asarlari Eron, Afg’oniston, Hindiston, Frantsiyada chop etilgan. Boburning qizi Gulbadanbegimning “Humoyunnoma”sini fors tilidan o’zbek tiliga tarjima qilib, Toshkentda (1959, 1977) va frantsuz tilida Parijda, (1996) nashr ettirgan. Azimjonova bir qator xalqaro ilmiy kongresslarda ilmiy ma’ruzalar qilgan. Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti (1989), Javoharla’l Neru xalqaro mukofoti (1993) laureati. As: K istorii Fergani vtoroy polovini XV veka, T., 1957; Boburning Hindiston devoni, T., 1966; Gosudarstvo Babura v Kabule i v Indii, M., 1977.