BUXGALTERIYA PROVODKASI (YOZUVI)

BUXGALTERIYA PROVODKASI (YOZUVI) – schyotlar aloqasi (korrespondensiyasi)ni rasmiylashtirish. Bunda debetlanuvchi va kreditlanuvchi schyotlar hamda yozib qo’yiladigan xo’jalik muomalasining summasi ko’rsatiladi. Buxgalteriya prokodkalari (yozuvi) oddiy va murakkab bo’ladi. Oddiy provodkada xo’jalik muomalalarining mazmuniga qarab bir schyot debetlanib, ikkinchi schyot kreditlanadi. Murakkab provodkalarda xo’jalik muomalalarining mazmuniga qarab bir schyot debetlanib, bir necha schyot kreditlanadi yoki, aksincha, umumiy summaga bir necha schyotlar debetlanib, bir schyot kreditlanadi. Har qanday provodkada ham bir schyotning debetiga yozilgan summa ikkinchi schyotning kreditiga yozilgan summaga teng bo’lishi kerak. Bu qoida murakkab provodkaga ham tegishli. Buxgalteriya provodkasida ikkiyoqlama yozuv o’z aksini topadi. Qo’shimcha va manfiy (storno) buxgalteriya provodkalari bo’lishi mumkin.