BOZOR MUNOSABATLARI

BOZOR MUNOSABATLARI – sotuvchi va xaridor o’rtasidagi munosabatlar. Uning bir qator qoidalari mavjud: 1. Erkin, ixtiyoriy va tenghuquqli bo’lish. 2. Mavjud narxlar va takliflar asosida yuzaga chiqishi. 3. Xaridor va sotuvchi bir-birini o’z ixtiyori bilan tanlashi. 4. Bironta bozor ishtirokchisining monopol huquqqa ega bo’lmasligi. 5. Ishtirokchilar o’rtasidagi aloqalar sog’lom raqobatga asoslanishi kerak.