AZURIT
AZURIT (Fransuzcha L’azur, Arab, lojuvard — havo rang tosh, Lazur) — mineral. Qattiqligi 3,5—4. Sof og’irligi-3,89. Rangi to’q ko’k. Monoklin sistemasida taxtacha va prizmalar hosil qilib kristallanadi. Ko’pincha kukunsimon uyum holda uchraydi. Oynasimon yaltiraydi. Kislotalarda uglekislota chiqarib yengil eriydi. Yer ustida misning birlamchi ruda minerali — xalkopirit, bornit, xira rangli rudalar va boshqalarning oksidlanishi hisobiga hosil bo’ladi. Azurit bilan yonma-yon tug’ma mis, malaxit, kuprit, xrizokola va boshqa mis rudalarining oksidlanish zonasida uchraydi. Azuritning tarkibida mis 55,3%. Azurit mis olish, to’tiyo va ko’k rang ishlab chiqarishda ishlatiladi.