BUDJET TUZILMASI

BUDJET TUZILMASI – budjet tizimi tuzilishini tashkil etish va prinsiplari, uning tarkibiy tuzilmasi, ular alohida bo’g’inlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni ifodalaydi. Davlat tuzilishi bilan aniqlanadi. O‘zbekiston Respublikasining budjet tuzilmasi: a) Davlat budjeti; b) respublika budjeti; v) Qorqalpog’iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlami o’z ichiga oladi. Davlat budjeti tarkibida davlat maqsadli fondlari jamlanadi. Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika budjeti hamda respublika (Qoraqalpog‘iston)ga bo’ysunuvchi tumanlar va shaharlar budjetlari, viloyatning budjeti va viloyatga bo’ysunuvchi tumanlarva shaharlar budjetlari, tumanlarga bo’linadigan shaharning budjeti shahar budjeti va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar budjeti, tumanga bo’ysunuvchi shaharlari bo’lgan tumanning budjeti tuman budjeti va tumanga bo’ysunuvchi shaharlar budjetlarini o’z ichiga oladi.