BUXGALTERIYA HISOBIDAGI TOVLAMACHILIK

BUXGALTERIYA HISOBIDAGI TOVLAMACHILIK – buxgalteriya hisobotining buzib ko’rsatilishiga qaratilgan ongli ravishdagi harakat yoki harakatsizlik. Agar iqtisodiy subyektning mansabdor shaxslari g’arazli maqsadlarda aldov uyushtirsalar yoki buxgalteriya hisobotidan foydalanuvchilar ishonchini suyiiste’mol qilsalar, lekin ularning ayblari sud tomonidan isbotlanmagan holatida auditor ularni topgan taqdirda u buxgalteriya hisobotining ongli ravishda buzilganligi mavjudligini ko’rsatishi lozim.