DAROMAD SAMARASI
DAROMAD SAMARASI – 1. Ishchining ish haqining o’sishi natijasida ish vaqtining qisqarishi hisobidan dam olish vaqtining ortishi. 2. Mahsulot bahosi pasayishi xaridorning sotib olish qobiliyatini oshiradi, natijada u oldingiga nisbatan xarid qiladigan tovardan ko’proq miqdorda sotib oladi. Masalan, mol go’shtini xaridor 400 so’mdan ikki kg xarid qilar edi. Bahoning 50% pasayishi natijasida endi xaridor 200 so’mdan 4 kg mol go’shtini xarid qiladi. Daromadlar bo’yicha YAMM yollanma ishchilami ish haqi, renta to’lovlari, bank foizi, foyda, daromadga qo’shilmagan to’lovlar (tadbirkorlikka bilvosita soliqlar, amortizatsion ajratmalar) jamlash orqali hisoblanadi.