DEBET

DEBET – buxgalteriya hisobi schyotining bir qismi. Aktiv schyotlarning debeti bo’yicha hisob obyektining ko’payishi aks ettiriladi, passiv schyotlarning debeti bo’yicha esa kamayishi yoziladi. Hisoblashish schyotlarida debet mazkur korxonaning boshqa korxona va shaxslardan oladigan summasini aks ettiradi (debitorlik qarzlari). Debet qoldiq (saldo) faqat aktiv schyotlarda bo’lishi mumkin.