DEMPING

DEMPING (ing. dumping-tashlash) -1 ) bozorni egallash va undan raqobatchilarni siqib chiqarish maqsadida mahsulotlarni sotuv narxiga nisbatan arzonga sotish; 2) sifati past mollar eksporti; tovarlarni mamlakat ichkarisidagi yoki jahon bozoridagi narxlardan ancha past narxda bitta mamlakatdan boshqasiga olib chiqib ketish. Tariflar va savdo haqidagi bosh bitim qoidalari (GATT)ga muvofiq bir mamlakat tovarlari boshqa mamlakat bozorida “normal” narxdan past narxda sotilgan, u ana shunday mahsulotni milliy ishlab chiqarishga katta zarar yetkazgan yoki ana shunday zarar yetkazishga xavf slogan hollar dempingga taalluqli bo’ladi. 1967-yildaGATT doirasida Tovar demping faktini aniqlash va isbotlash tartibi, shuningdek, Tovar ishlab chiqaruvchi firmalarga yetkazilgan zarami qoplash usullarini belgilovchi xalqaro dempingga qarshi kodeks qabul qilingan edi.