AYYOM

AYYOM (Arabcha, yavm va kun so’zining ko’pligi) — bayram oldi va bayram kunlari. Qutlug’va tabarruk kunlar ma’nosida ulug’ayyom (ulug’ kunlar) deb qo’llanilgan. “Ulug’ ayyom” iborasi bilan bir qatorda, o’zbek xalqida “Ayyomlari qutlug’ bo’lsin”, “Ayyomingiz muborak bo’lsin” tarzida bayram bilan qutlash, yaxshi tilaklar tilab, bir-birlariga murojaat qilish odat bo’lib qolgan.