DAVLAT KREDITI

DAVLAT KREDITI – kreditning bu shaklining asosiy xususiyati kredit munosabatlarida davlatning qatnashuvidir. Davlat kreditida davlat bir tomondan qarz beruvchi va ikkinchi tomondan qarz oluvchi sifatida ishtirok etishi mumkin. Qarz beruvchi vazifasini bajara turib, davlat davlat kredit institutlari, jumladan, Markaziy bank orqali iqtisodning har xil sohalarini kreditlashni o’z zimmasiga oladi. Davlat kreditining xarakterli xususiyati, davlat tomonidan olingan qarz mablag’lari ishlab chiqarish fondlari aylanishida yoki moddiy boyliklar yaratishda ishtirok etmaydi. Bu mablag’lar davlat qarzlarini qoplash uchun ishlatiladi.