FAVQULODDA FOYDA VA ZARARLAR
FAVQULODDA FOYDA VA ZARARLAR – korxonaning xo’jalik faoliyatida nihoyatda kam sodir bo’ladigan, uning uchun odat bo’lmagan va korxonada boshqaruv qarorlarini qabul qilish natijasi bilan bog’liq bo’lmagan voqealardan olinadigan daromad va xarajatlardir. U yoki bu moddaning favqulodda daromad va xarajat tarzida aks ettirilishi uchun quyidagi uchta talablarga javob berishi kerak: o’z xarakteri bo’yicha odatdagidek bo’lmasli (korxonaning odatdagi xo’jalik faoliyatiga tegishli emas); bir necha yillar davomida takrorlanmaydigan; korxonaning boshqaruv xodimlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga bog’liq bo’lmagan holatlardan tashkil topadi.