AYN-SALOH

AYN-SALOH (In-Saloh) – Jazoirdagi voha, Jazoir Sahroi Kabirining o’rta qismida, Sahroi Kabir cho’lini kesib o’tuvchi Laguat-Zinder avtomobil yo’lida. Aholisi 6 ming kishi chamasida. Aholi manzili va savdo hunarmandchilik markazi — Ayn-Saloh. Xurmozorlar bor. Artezian qudug’idan suv ichiladi. Ayndan Janubi-g’arbda Jabal-berga gaz koni topilgan.