INTEGRATSIYA
INTEGRATSIYA – 1. Turli bo’limlar, elementlar harakatining bir butunga birlashish jarayoni. 2. Iqtisodiy integratsiya – iqtisodiy subyekt (davlat, korxona, firma)larning iqtisodiy, texnologik munosabatlarning o’zaro bog’liqligi oshishi natijasida vujudga keladi. Vertikal va gorizontal integratsiya ko’rinishida bo’lishi mumkin. Ishlab chiqaruvchi kuchlar o’sishi natijasida mehnat taqsimotining chuqurlashuvi integratsiyani yuzaga keltiradi.