IQTISODIY SIKL

IQTISODIY SIKL – doimiy ravishda bir qancha yillar davomida iqtisodiy faollikning birin-ketin ko’tarilishi va pasayishi. Iqtisodiy sikl iqtisodiyotning rivojlanish shakli hisoblanadi va uning asosini iqtisodiy inqirozlar tashkil etadi. Iqtisodiy siklning asosiy sababi ishlab chiqarishning doimo kengayishiga harakat qilishi va undan talabning orqada qolishi, buning natijasida, iqtisodiyotdagi jami taklif va jami talab o’rtasidagi hamda asosiy kapitalga bo’lgan talab va taklif o’rtasidagi muvozanat buziladi. Iqtisodiy sikl 4 bosqichdan iborat: tushkunlik, turg’unlik, jonlanish, yuksalish.