AYG’IRBAYTALSOY
AYG’IRBAYTALSOY – O’zbekiston Respublikasi Farg’ona viloyatining shimoli-g’arbiy qismidagi soy Chodaksoyning o’ng irmog’i. Ayg’irbaytalsoy Qoramozor tizmasining Janubiy-Sharqiy yon bag’ridagi 11 buloq suvidan hosil bo’ladi. Uzunligi 15 kilometr. Ayg’irbaytalsoy Teraklitog’ bilan Julaytog’ tizmalari orasida keng vodiydan o’tadi. Suvining ko’p qismi may-iyun oylarida oqadi. Vegetasiya davrida suvining 72% sug’orishga sarf bo’ladi. Namangan viloyatining Pop tumanidagi tog’oldi tekisliklarini sug’oradi.