ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI
ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI – mahsulot tayyorlash uchun qilingan barcha moddiy va ma’naviy mehnat sarfi. Uning qiymat shakli mahsulot tannarxini o’zida aks ettiradi. Korxonalarning ishlab chiqarish xarajatlarini ikkita qismga: doimiy va o’zgaruvchan xarajatlarga bo’lish mumkin. Doimiy xarajatlarga: ijara to’Iovi, qorovullik va ma’muriyat xizmati kabilar kiradi. O’zgaruvchan xarajatlarga xomashyo, yoqilg’i, energiya, ish haqiga qilingan sarfxarajatlar kiradi.